AYLANMA PLUG

AYLANMA PLUG — egat va jo’yaklar hosil qilmasdan shudgorlaydigan plug. Umumiy ramaga mahkamlangan, chap va o’ngga ag’daradigan korpuslari bo’ladi. Aylanma plugning har qaysi o’tishidan so’ng uning ramasi burish mexanizmi yordamida bo’ylama o’q atrofida 90° ga buriladi. Aylanma plug traktorga o’rnatib ishlatiladi. Agregatni traktorchi boshqaradi.