AYLANMA VEDOMOSTLAR

AYLANMA VEDOMOSTLAR – buxgalteriya hisobi schyotlarining hisob registrlari ma’lumotlarini umumlashtirish usuli. Aylanma vedomostlar schyotlarning oy boshiga va oxiriga qolgan qoldig’i hamda oy bo’yicha aylanma ma’lumotlarga asosan, oy oxirida tuziladi, aylanma vedomostlar sintetik va analitik schyotlar bo’yicha tuzilishi mumkin. Aylanma vedomostda uch juft xonalar mavjud bo’lib, ularda har bir schyot bo’yicha oy boshiga qoldiq, oy aylanmalari va oy oxiriga qolgan qoldiq ko’rsatiladi. Aylanma vedomostdagi o’zaro tenglik debet va kredit aylanmalari registratsiya jumalining jamiga ham teng bo’lishi kerak. Buning sababi har bir xo’jalik muomalasining summasi registratsiya jurnalida hamda schyotlaming debet va kreditida aks ettiriladi. Bunday o’zaro tenglik katta nazorat ahamiyatiga ega. Aylanma vedomostning schyotlar bo’yicha qoldiqlariga asosan buxgalteriya balansi tuziladi. Aylanma vedomostlarni tuzish ko’p mehnat talab qiladigan jarayon. Buxgalteriya hisobi shakllari va hisob registratsiya usullari takomillashishi natijasida aylanma vedomostlar asta-sekin yo’qola bormoqda. Hisobni zamonaviy tashkil etishda ular istisno tarzida ayrim hollarda qo’llaniladi.