AYNIGAN ELEKTRON GAZ
AYNIGAN ELEKTRON GAZ – xossalariga zarralar ayniyligi sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi elektron gaz. Nazariy jihatdan elektron gazni mutlaq nol temperaturada batamom aynigan deyish mumkin. Aynigan elektron gaz modeli metallarning hozirgi zamon elektron nazariyasida katta ahamiyatga ega.