AYNIGAN YARIMO’TKAZGICH
AYNIGAN YARIMO’TKAZGICH – tok o’tkazishda qatnashuvchi elektronlar yoki «teshiklar» kontsentrasiyasi yetarli darajada yuqori (1018-1020 santimetr kub) bo’lgan yarimo’tkazgich. Bunda elektronlar yoki «teshiklar» gazi aynish holatida bo’ladi (nomi shundan). Fermi sathi yo’l qo’yilgan energiyalar zonasida yotadi va elektron («teshik») gaz Fermi statistikasita bo’ysunadi. Aynigan yarimo’tkazgichlardan, masalan, diodlar va boshqa bir qancha yarimo’tkazgich asboblar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- AYNIGAN GAZ
- AYNIGAN ELEKTRON GAZ
- AYNIY
- AYNIY SURILMASI
- AYNIY ZARRALAR
- AYNIYAT
- AYNIYAT QONUNI
- AYNIYLIK PRINTSIPI











