Ayol va qizlarni o’ziga rom etish uchun nima qilish kerak?

Ayolni o’zingizga rom qilish yo’li:

SOVUQQONLIK:

Agar bir qizni yoqtirsangiz, u buni biladi, aniqrog’i sezadi, sababi junbushga kelgan garmonlaringiz sizni sotib qo’yadi, o’zingiz bilmagan holda o’zingizni ahmoqona tutishni boshlaysiz. Agar o’zingizni hissiz sovuqqon qilib ko’rsatsangiz, ayollarga ohangrabodek tasir qiladi – yani o’ziga tortadi. Va yodingizda bo’lsin bu hech qanday feramon emas, murakkablashtirishmang. Shunchaki nozik jins vakillari fiziologiyasiga ko’ra, erkak unga qiziqish bildirmasa, uni o’ziga rom qildirish uchun intiladi.

HAZILLASHISH:

Hazil-mutoyiba – bu sog’lom insonning, dushmanga qarshi quroli deyishadi. Yaxshi hazil-mutoyiba hissiga ega inson janjallarni osonlik bilan yengib o’tadi, atrofdagilarni kamchiliklari bilan birga yaxshi qabul qiladi. Gapni nimaga burayotganimizni sezyapsizmi? Ayollar fiziologiyasi stressga bardoshli juftlikni qidirishga moslashgan, bu bardosh esa hazilkashlikda bilinadi!

GAVDANI TIK TUTISH:

To’g’ri umurtqa pog’ona – sog’lom erkakning ko’rkidir. Yelkalarni – orqaga, bel – oldinga, ko’krak qism – orqaga, bo’yin – oldinga. Bunday turish, ichki organlar to’g’ri ishlashiga imkon beradi. Belni to’g’ri tutish 70% to’g’ri qad-qomatning garovidir. Endi esa eng muhimi – bukchaymang. Bo’yinga kelsak, u biroz oldinga egilgan lekin tekis va to’g’ri ko’rinishi kerak!

OYOQLAR:

Shunday bir ilmiy va jinsiy tushuncha mavjud – uch o’lchamli indeks. Buksangizni o’lchang, keyin esa bo’yingizni o’lchang. Chiqqan sonni ikkinchisini birinchisiga bo’ling. Aytishlaricha, kuchli jinsiy temperamentli erkaklarda bu ko’rsatkich 1,99 dan 2 gacha teng ekan. Ayollar esa go’yoki, bu indeksni yuragi bilan ko’rar ekan. Xullas, oyoqlaringiz mushaklarini mashq qildiring va bo’ksani katta ko’rsatuvchi keng shim kiying, va hammasi yaxshi bo’ladi.

BHUDJANGASANA:

Tasdiqlangan, Kobra pozitsiyasi deb nom olgan ushbu xarakat, testosteronni tezlik bilan ko’tarishga yordam beradi. Orzuingizdagi ayol bilan uchrashishdan oldin «kobra» turishini qiling. Qorin bilan yotib, oyoqlarni cho’zing, peshona yerda, tirsaklar orqaga tisarilgan, kaftlar yerga qo’yilgan. Sekinlik bilan boshni ko’tarib, kekirdakni orqaga cho’zib boshni yelkaning yuqori qismiga tekkizishga xarakat qiling – bu qalqonsimon bezni aktivlashtiradi. Keyin esa umurtqa pog’ona ko’krak qismini orqaga egishni boshlang, qo’llar yerda turishi mumkin, muhimi ularga tayanmaslik. Orqaga egilib, peshonangizni dumg’azaga tekkizishga xarakat qilishingiz kerak, albatta tekkazishning hech ham iloji yo’q shunchaki xarakat qilish kerak. Qanaqa axmoqona maslaxat dib o’yladingizmi? Bir hafta davomida sinab ko’rsangiz, qanday ish berishini ko’rasiz.

TANAFFUSLAR:

Eng asosiysi, qiz siz bilan gaplashgan paytida, unda adrenalin ishlab chiqarilishi kerak. Fiziologlar takidlashicha, adrenalin bilan emlanganda, birinchidan malumotni huddi gubka kabi shimib oladi, ikkinchidan barcha takliflarni bo’ysunib bajaradi. Bu garmon emotsiyalar yordamida qonda ishlab chiqariladi – hech qanday ukollarsiz. Tanaffus vaqtida suxbatlashayotgan qizingiz nafasini ichiga yutib sizdan ma’lumot kutadi. Ammo tanaffus vaqtida hovliqishning ham, jimlikni cho’zishning ham foydasi yo’q.

BAJARISH:

Ayollar organizmi erkakdan ishonch va suyanch talab qiladi. Shuning uchun har qanday yolg’on yoki mas’uliyatsizlikni erkaklik diffekti (kamchiligi) sifatida qabul qilishadi. Qisqa qilib aytkanda, so’z berdingmi o’lib qolsang ham bajar. Agar rostdan ham o’lishingga to’g’ri kelayotgan bo’lsa, bittalab tushintir nima uchun va nima sababdan bajara olmayotganingni.

OQ MAYKA:

Juda ko’p so’rovnoma va tajribalar natijasi shuni ko’rsatdiki, 80% ayollar uchun erkaklarning eng ehtirosli kiyimi qordek oppoq futbolka ekan. Yoz uchun o’zingizga bir nechtasini xarid qilib oling. Ayniqsa, yelka va qo’llaringiz, «gugurt cho’pi» degan hafa qiluvchi so’zdan uzoqroq bo’lsa, yani keng va baquvvat bo’lsa yanayam maqsadga muvofiq.

Insonning go’zalligi baland bo’y bastidayu, qomatida emas. Chiroyli kiyimiyu boyligida ham emas. Balki mehribon yuragiyu tashlagan to’g’ri qadamida…