Ayrim qiziqarli faktlar
Dunyoda qiziqarli faktlar nihoyatda bisyor. Ularni yagona bir sahifaga joylash imkonsiz.
- Energetik ichimliklarni juda ko’pchilik iste’mol qilishadi. Energetik ichimliklar tarkibida kofein moddasi borligi ko’pchilikka ma’lum, lekin o’sha kofein geroin va kokoindan iborat ekanligini hamma ham bilavermasa kerak.
- AQShning “Apple” kompaniyasi dunyodagi eng badavlat kompaniyalarda biridir. Shunday vaqtlar ham bo’lganki, kompaniyaning mablag’lari butun bir AQSh hukumatining mablag’laridan ko’p bo’lgan.
- Saudiya Arabistoni maydoni jihatidan dunyoning eng yirik davlatlari qatori kirsada, Saudiya Arabistonida birorta ham daryo mavjud emas.
- Rus xalqi o’z xarajatlarining o’rtacha 10 foizini spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlariga sarf qilishadi.
- Serblar dunyoning eng kashanda xalqi sanalishadi. Serbiya aholisining 40 foizdan ortig’i tamaki mahsulotlarini iste’mol qilisharkan.
- Eng zaharli jonzot deganda ko’pchilikning ko’z oldiga ilonlar keladi. Ammo zaminimizda eng zaharli mavjudor “Kubomeduza” deb ataluvchi dengiz mavjudot ekanligi aniqlangan.
- O’rtacha hisobda hisoblaganda gollandlar dunyoning eng bo’ydor xalqi hisoblanishar ekan. Gollandlarning bo’ylari o’rtacha erkaklarda 1 metr 81 santimetrni, ayollarda esa 1 metr, 68 santimetrni tashkil qiladi.
- Yaponlar esa dunyoning eng bo’yi past xalqi hisoblanishadi. Yaponlarda bo’ylari o’rtacha erkaklarda 1 metr 70 santimetr, ayollarda esa 1 metr 58 santimetrni tashkil qiladi.
- Yer aholisining 365 millioni kompyuterlardan foydalanishadi. Sayyoramiz aholisining salkam teng yarmi mobil telefonlardan umuman foydalanishmaydi.
- Mutaxassislarning aniqlashicha, dunyoda eng ko’p qo’yiladigan ism biz musulmonlarning sevimli payg’ambarimiz Muhammad salollohu alayhi vasallamning ismlari ekan.
- Amerika Qo’shma Shtatlarida shifokorlar tomonidan yozib berilgan yo’riqnomani o’qiy olmasdan unga noto’g’ri rioya qilish oqibatida statistikaga ko’ra yiliga 7 mingdan ortiq amerikaliklar halok bo’lishadi.
- Filippindan Lungsod nomli g’alati bir orol bor. Ushbu orolda Tal nomli ko’l mavjud. O’z navbatida ko’lning ichida yana bir orol bor. O’sha ko’l ichidagi orol ichida ham yana ko’l, u ko’l ichida esa yana bir kichik orolcha mavjud. Bunday manzara yerning boshqa biror bir joyida uchratmaysiz.
- O’rtacha umr ko’rgan inson umrining 5 yilini ovqatlanish bilan salkam teng yarmini esa uyqu bilan o’tkazadi.
- Kanada aholining teng yarmi oliy ma’lumotlarga ega. Kanadaliklar bu borada dunyoda birinchi o’rinda turishadi. Ulardan keyingi o’rinlarni isroyilliklar va yaponiyaliklar band etishgan.
- Ko’pchilik ruslarni spirtli ichimliklarni eng ko’p iste’mol qiluvchi xalq deb o’ylashadi, ammo bu borada ruslar dunyo bo’yicha 4 inchi, 5 inchi o’rinni egallashadi. Dunyo eng ko’p spirtli ichimliklar iste’mol qiluvchi xalq litvaliklar hisoblanadi. Litvada spirtli ichimlik iste’mol qilinishi yiliga kishi boshiga 16,5 litrni tashkil qiladi.
- Suriya poytaxti Damashq zaminimizdagi eng tarixiy shahar ekanligi isbotlangan. Arxeologlarning ta’kidlashicha, shahar bundan 11 ming yil muqaddam bunyod etilgan.
- Nyu-York shahri markazidagi bog’ning maydoni Vatikan va Monako davlatlarning maydonidan katta.
- Papua va Yangi Gvineyaliklar eng ko’p xil tilda so’zlashuvchi xalq hisoblanadi. Papua va Yangi Gvineyada 820 xil til mavjud.
- Dunyoda eng ko’p suratga olinadigan joy Nyu-Yorkdagi Guggenxaym muzeyidir. Ushbu muzey yil davomida bir necha million martalab suratga olinadi.
- Dunyoning 150 dan ortiq davlatida o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, Filippinliklar dunyodagi eng ta’sirchan va eng xushchaqchaq xalq deb, singapurliklar esa dunyodagi eng jiddiy xalq deb e’tirof etilgan.
- Ingliz tili xaqaro til bo’lishiga qaramasdan, dunyoda eng ko’p so’zlashadigan inson til bu xitoy tilidir. O’z navbatida xitoydagi ingliz tilida gaplasha oladigan odamlar soni butun bir Amerika Qo’shma Shtatlari aholisidan ko’p.
- Hindistondagi Maosinram qishlog’i dunyodagi eng ko’p yomg’ir yog’adigan joy hisoblanadi. Maosinramda yil davomida 25 400 millimetrgacha yomg’ir yog’adi. Ushbu qishloqda yilning 3 dan 2 qismi yomg’irli kunlarga to’g’ri keladi.
- Amerika Qo’shma Shtatlarining Arizona shtatidagi Yuma shahri sayyoramizdagi eng quyoshli shahar hisoblanadi. Ushbu shaharda yilning 90 foizi quyoshli kunlardan iborat.
- Sayyoramizda eng qirg’oqchil joy janubiy Amerikadagi Atakama cho’li sanaladi. 965 kilometr uzunlikkacha cho’zilgan ushbu cho’ldagi yillik yomg’ir miqdori atigi 100 millimetrni tashkil qiladi, ba’zida bir necha yillab bir tomchi ham yomg’ir yog’maydi.
- Internetdan foydalanish eng qulay bo’lgan davlat bu Janubiy Koreyadir. Birgina mamlakat poytaxti Seul shahrida 10000 dan ortiq bepul way-faylar o’rnatilgan. Ayni damda Janubiy Koreyadagi internetning tezligi 2,5 gigabayt sekundni tashkil qilmoqda.