BACHELET MISHEL XONIM

BACHELET MISHEL XONIM (1951, Santyago shahri) — Chili davlat arbobi. 1979 yil Chili universitetining tibbiyot fakultetiga o’qishga kirgan. 1973 yil 11 sentabrdagi harbiy to’ntarishdan so’ng, Avstraliya va Germaniya demokratik Respublikasida yashagan; Berlindagi Gumboldt universitetida tibbiyot bo’yicha o’qishni davom ettirgan. Vataniga qaytib kelgach, 1982 yil o’qishni tugatgan. Chili sotsialistik partiyasi a’zosi bo’lgan. Chili sog’liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan. 2002 yildan mamlakat harbiy muassasasini boshqargan. 2006 yildan Chili Respublikasi prezidenti.