BADIK
BADIK — folklor janri. Gul, gulafshon, ko’ch-ko’ch deb ham yuritiladi. Kishi tanasiga qizilcha, eshak-yem va boshqa toshmalar toshganda, go’yo ularni «daf etish» uchun badikxon (badik aytuvchi) lar tomonidan ijro etilgan. Turkiy xalqlarda uchraydi. Asosan, badikxon bilan go’yo bemor tanasiga joylashib olgan «yovuz ruh» o’rtasidagi keskin kurashni aks ettiradi. Badik izchil shaklga ega bo’ladi, hajmi turlicha, keskin buyruq ohangi bilan ijro etiladi. Badikning tili va badiiyifodaviy xususiyatlari xalq so’z san’ati hodisasi sifatida o’rganiladi.