BADOUNIY ABDULQODIR IBN MALIKSHOH

BADOUNIY ABDULQODIR IBN MALIKSHOH (1541-1596) — Hindistonda Akbar davri (1556— 1605) da yashagan tarixchi olim va saroy imomi. Badouniy Akbar va bosh vazir Abulfazl Allomiy tomonidan joriy qilingan «Dini ilohiy» ning muxoliflaridan bo’lgan. Badouniy saroy tarixchisi Nizomuddin Ahmadning «Tabaqoti Akbarshohiy» asari asosida «Muntaxab uttavorix» nomli asar yozgan. Asar 3 qismdan iborat: 1 – qismida Akbar davrigacha bo’lgan, 2 – qismida Akbar davridagi (to 1595 yillargacha) tarixiy-siyosiy voqealar bayon qilinadi, 3 – qismida esa Hindistonda yashagan ulamo va fuzalolar, shoirlar haqida turli ma’lumotlar beriladi, har qaysi davr siyosatini talqin etishda tanqidiy mulohazalar yuritiladi.