BAFFIN UILYAM
BAFFIN UILYAM (1584 – 1622.23.1, Ho’rmuz) —ingliz arktika tadqiqotchisi. 1612 — 16 yillarda shimoliy-g’arbiy suv yo’lagini topish maqsadida dengizda suzgan: 1615 yilda Gudzon qo’ltig’ini, 1616 yilda Grenlandiyadan G’arbdagi dengizni (keyinchalik uning nomiga qo’yilgan) tadqiq qilgan. Xeys yarim orolini (Grenlandiya), Kanada Arktika arxipelagidagi Elsmir, Devon olarining katta qismini kashf qilgan. Baffin nomiga Grenlandiya ortidagi dengiz, Kanada shimolidagi Orol (Baffin yeri) qo’yilgan.