Bahodir (Botir)

Bahodir (Botir)-qo’rqmas, dovyurak, qahramon kishi degan ma’noni anglatgan. Chingizxon va mo’g’ullar hukmronligi davrida xonning shaxsiy jangovar gvardiyasi bahodirlar deb atalgan. Bunday qism Chingizxon 1203 yili keroitlar ustidan g’alaba qilgandan keyin tashkil etilgan. Bahodirlar urush vaqtida oldingi qism (avangard) bilan birga harakat qilgan, tinchlik vaqtida es axon qarorgohini qo’riqlashgan. Chingizxon davridan boshlab oliy tabaqaga mansub shaxslar va harbiy ko’chmanchi zodagonlarning vakillariga beriluvchi unvonlardan biriga aylangan. XVI-XIX asrlarda Buxoro, Qo’qon va Xiva xonliklarida xonlarning ayrimlari o’z nomlariga bahodir so’zini faxriy unvon yoki laqab sifatida qo’shib aytishgan.