BAHODIRSHOH II
BAHODIRSHOH II (1775 – 1862) – Hindistondagi Boburiylar sulolasining so’nggi vakili. U 1837 — 58 yillari ramziy jihatdan toj va taxt vorisi bo’lsa ham uning na siyosiy, na ijtimoiy va na iqtisodiy mustaqilligi qolgan edi. O’sha paytdaga ingliz general-gubernatori Baxodirshohga ogohnoma yuborib, unda Dehlidagi qizil qal’ada yashayotgan oxirgi podshohsan deb xabar beradi. Bu esa Boburiylar saltanatining nihoyaga yetganini bildirardi. 1857 yilda mamlakatda inglizlar hukmronligiga qarshi sipohiylar qo’zg’oloni ko’tarilishi bilan xalq Bahodirshoh II ni qo’zgolon rahbari va Hindistonning oliy hukmroni deb e’lon qiladi va undan ommani ingliz mustamlakachilariga qarshi muqaddas kurashga da’vat etmshni talab qiladi. Mustamlakachilardan qo’rqib qolgan va ular ustidan galaba qozonishga ko’zi yetmagan shoh xalq talabini rad etadi. Ammo qo’zg’olonchilar o’zlari yozgan murojaatnomaga Bahodshoh II ni imzo chekishga majbur qiladilar. Bahodshoh II ning nomiga bo’lsa ham qo’zg’olonga boshchilik qilishi mamlakatda ingliz hukmronligiga katta xavf tug’dirdi. Inglizlar Bahodshoh II ni asir olib, umrbod Myanma (birma)ga surgun qildilar. Bahodshoh II urdu tilida Zafar taxallusi bilan ijod yetgan mashhur shonr ham edi. Ad.: Hoshimov I., Hindistondya Boburiylar sulolasi saltanati, T., 1996.