Bahrin

Bahrin-turklashgan mo’g’ul qabilalaridan birining nomi. Mo’g’ullar hukmronligi davrida bahrinlar Dashti Qipchoqqa kelib o’rnashgan. XVIII-XIX asrlarda bahrinlarning katta qismi Toshkent vohasi, Farg’ona vodiysiga, bir qismi esa Zarafshon vohasiga ko’chib kelib o’rnashgan. Bahrinlar bir qancha urug’larga bo’ligan. Shulardan eng yiriklari bag’onali, qoraqalpoq, uali edi.