Bakovul, Bukovul

Bakovul, Bukovul (turkcha)-1) Chingizxon davrida va temuriylar saroyida taom hamda ichimliklar tayyorlovchi oshpazlar boshlig’i; 2) Oltin O’rda xonligida qo’shinga maosh-ulufa ulashish, o’ljalarni taqsimlash singari vazifalarni bajaruvchi yuqori mansabdor. Bakovulning hurmat-e’tibori juda yuqori bo’lgan, unga tumanbegi va mingbegilar ham bo’ysungan; 3) Buxoro amirligida saroy dasturxonchisi, hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval o’zi totib ko’ruvchi bosh oshpaz.