BALANDLIK SHKALASI

BALANDLIK SHKALASI – gravitatsion maydondagi bir jinsli atmosferaning fizik ko’rsatkichlaridan biri. Osmon yoritqichi atmosferasining izotermik qatlami qalinligini ifodalaydi; Balandlik shkalasi balometrik formulada qo’llaniladi va chegaralarida bosim va zichlik 2,7 martaga farq qiladigan izotermik qatlamning qalinligini ko’rsatadi.