BALANS
BALANS (lotincha balanx) — biron-bir faoliyatning bir-birini muvozanatlashi lozim bo’lgan tomonlari (mas, daromadlar va xarajatlar) o’rtasidagi nisbatlarning miqdoriy ifodasi. Iqtisodiyotda buxgalteriya balansi, ijtimoiy mahsulot balansi, savdo balansi, mehnat resurslari balansi, daromadlar va xarajatlar balansi, to’lov balansi va boshqa balanslar mavjud.