BALIQ-ILONLAR

BALIQ-ILONLAR (Ichthyophis) – oyoqsiz, suvda hamda quruqlikda yashovchilar urug’i. Uzunligi 50 santimetrga yaqin. Terisidagi juda ko’p (400 gacha) burmalari ichida mayda suyak tangachalari bo’ladi, ko’zi teri ostidan ko’rinib turadi. Tanasining rangi qoramtir-qo’ng’ir yoki zangori, yon tomonlarida sariq yo’llari bo’ladi. 4 urug’i, 43 turi Janub va Janubiy- Sharqiy Osiyoda, Janubiy Amerikada uchraydi. Tseylon Baliq (Fchthyophis glutinosus) keng tarqalgan, voyaga yetgan davrida tuproqda 30 santimetr chuqurlikda yashaydi. Daryo va ko’l bo’ylaridagi chim ostida hayot kechiradi, suvda nobud bo’ladi. Urg’ochisi suv bo’yidagi uyasiga 15 — 25 ta tuxum qo’yib, uni lichinkasi chiqqungacha qo’riqlaydi. Lichinkasi o’pka orqali nafas oladi, suvda rivojlanadi, metamorfozadan so’ng tuproq ostida yashashga o’tadi.