BALIQCHI TUMANI

BALIQCHI TUMANI – Andijon viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoliy- g’arbiy qismida. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Namangan viloyatining Norin tumani va Andijon viloyatining Izboskan, Shahrixon, Oltinko’l, Bo’z, Ulug’nor tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,34 ming kilometr kvadrat. Aholisi.41,6 ming kishi (2000). Baliqchi tumanida 9 qishloq fuqarolari yig’ini (Alimbek, Baliqchi, Bo’ston, Guliston, Oxunboboev, Siza, Xo’jaobod, Eski Haqqulobod, O’rmonbek) bor. Markazi — Baliqchi qishlog’i. Tabiati. Tuman hududi tekisliklardan iborat. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -4°, iyulniki 26°. Yiliga o’rtacha 195 — 210 millimetr yog’in tushadi. Vegetatsiya davri 235 kun. Tuman hududidan Qoradaryo, Mazgilsoy, Chinobodsoy va Katta Andijon kanali oqib o’tadi. Tuprog’i o’tloqi bo’z, kuchsiz sho’rlangan tuproq. O’simliklardan sho’ra, shuvoq, momaqaymoq, qamish, mingdevona, yantoq, ajriq, yulg’un, oqbosh, otquloq, qirqbo’g’in, g’umay, qo’ypechak, yalpiz o’sadi. Echkemar, toshbaqa, tulki, quyon, ilon, kaltakesak, qushlardan laylak, o’rdak, chumchuq, so’fito’rg’ay, qarg’a, musicha yashaydi. Aholisi, asosan o’zbeklar; ruslar, tatarlar, tojiklar, uyg’urlar va boshqalar ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga 416 kishi to’g’ri keladi. Xo’jaligi. Tuman, asosan, paxtachilik va g’allachilikka ixtisoslashgan. Tumanda 6 sanoat korxonasi bor: Baliqchi noto’qima matolar ishlab chiqarish aktsiyadorlik jamiyati, Alisher Navoiy nomidagi Interneyshnl O’zbek-Amerika qo’shma korxonasi, Chinobod paxta tozalash aktsiyadorlik jamiyati, Baliqchi noto’qima matolar ishlab chiqarish aktsiyadorlik jamiyati korxonasining ip o’rash tsexida sport buyumlari ishlab chiqarish aktsiyadorlik jamiyati, Baliqchi non ishlab chiqarish aktsiyadorlik jamiyati, «Baliqchi tongi» aktsiyadorlik jamiyati. 2 mexanizatsiyalashgan ko’chma aktsiyadorlik jamiyati bo’lib, biri suv inshootlari qurish va yangi yerlarni o’zlashtirish bilans hug’ullanadi, ikkinchisi xo’jaliklararo qurilish boshqarmasi. Bo’rdoqchilik bazasi, Baliqchi va Chinobod mashina traktor parklari mavjud. Tumanda Baliqchi matlubot aktsiyadorlik jamiyati, Chinobod matlubot aktsiyadorlik jamiyati faoliyat ko’rsatadi. Tumanda 1 ta qo’shma korxona, mingdan ortiq kichik va xususiy korxona mavjud. Bulardan eng mashhurlari: «Muhammad» savdo va ishlab chiqarish firmasi, «Nargiz» firmasi, «Navro’z — 9» savdo ishlab chiqarish firmasi, Chinobod fermer xo’jaligi. Xo’jaliklar chorvachilik, bog’dorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik va sholikorlik bilan shug’ullanadi. Qishloq xo’jaligida sug’oriladigan yerlar 23,0 ming gektar, ekinzorlar 19,0 ming gektar, shu jumladan 11,3 ming gektar yerga paxta, 6,0 ming gektar yerga bug’doy, 0,3 ming gektar yerga sabzavot, 0.05 ming gektar yerga kartoshka, 1,3 ming gekar yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. Baliqchi tumanida 19 jamoa va shirkat xo’jaligi, 525 fermer xo’jaligi bor. Xayrixon Ergasheva nomidagi, «Chinobod», «Paxtakor», «O’zbekiston». A. Mo’minov nomidagi. «Bo’ston», Ulug’bek nomidagi shirkat xo’jaliklari tumandagi yirik va mashhur xo’jaliklardir. Baliqchi tumani 2000 yilda qariyb 40 ming tonna paxta, 45 ming tonnadan ziyod bug’doy topshirib, shartnoma rejasini ortig’i bilan bajardi. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 37,9 ming qoramol, 26,7 ming quy va emki, 70,1 ming parranda boqiladi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Haqqulobod (tuman markazidan 29 kilometr). 1999/2000 o’quv Hayrixon Ergasheva nomidagi shirkat xo’jaligining paxta dalalarida yilida 52 umumiy ta’lim maktabi bo’lib, 32,7 ming o’quvchi, 1 gimnaziyada 252 o’quvchi, 1 akademik litseyda 207 o’quvchi, 1 maxsus maktab internatda 250 o’quvchi, 2 kollejda 1200 o’quvchi, 1 iqtisodiyot liseyida 251 o’quvchi ta’lim oldi. Madaniyat saroyi, Markaziy kutubxona, musiqa maktabi, 50 ommaviy kutubxona, 13 madaniyat uyi, ijodkorlar uyi, 2 ko’chma klub, 740 o’rinli 4 kasalxona va dispanser, 10 qishloq ambulatoriyasi, 42 tibbiyot punkti bo’lib, ularda 250 vrach, 1996 nafar o’rta ma’lumotli tibbiy xodim ishladi (2000). 1932 yildan «G’alaba» tuman gazetasi chiqadi (adadi 3000).