BALIQKO’Z
BALIQKO’Z (Climacoptera) — sho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik o’tlar turkumi. Bo’yi 5 — 50 santimetr, poyasi tukli. Barglari mayda, etdor, poyada qaramaqarshi joylashgan. Mevasi qizg’ish yoki sarg’ish pardasimon qanotchalarga ega. Iyun — iyulda gullaydi, oktabrda pishadi. O’rta Osiyo hududida cho’l mintaqalarida sho’r (taqir) va sho’rxok tuproqlarda o’sadi. 10,5% protein, 11,5% kletchatka va 1,5% moy, poya va barglarida esa 1,3% limon kislota bo’ladi. O’zbekistonda bir nechta turi tarqalgan.