Balog’atga yetish
Balog’atga yetish-balog’at, rasida (rasta) bo’lish, bo’yiga yetish – organizmning bir qancha anatomk va fiziologik o’zgarishlar natijasida biologik jihatdan sekin-asta voyaga yetish hamda jinsiy jihatdan yetilib, ko’payishga, ya’ni naslni davom ettirishga layoqatli bo’lib qolishi. Qizlar o’g’il bolalarga nisbatan ertaroq balog’atga yetadi. Qizlarda bu davr askari 12-14 yoshdan 16-18 yoshgacha, o’g’il bolalarda 13-15 yoshdan 16-20 yoshgacha davom etadi.