Band

Band – to`g`on, suv ombori, soy va daryolarga qurilgan to`g`on. Joy nomlari tarkibida ham uchraydi: Bandixon darasi, qum bosishini to`xtatish uchun qurilgan to`siq, tog` oralig`idagi juda tor yo`lak ham band deyiladi. Band atamasi bent shaklida ham uchraydi; masalan, Murg`ob vodiysida Sultonbent degan joy bor.