BANDURA

BANDURA (polyakcha bandura, Yunoncha pandura — uch torli tsitra) — chertma soz. Banduraning past tovushli asosiy uzunroq torlari jo’rnavozlik xizmatini o’taydi. Baland tovushli, ko’pgina qisqa torlari kuy hosil qiladi. Bandura torlari barmoqlar bilan tirnab chertiladi. Xonanda-sozanda (bandurachi-kobzachi) lar qo’shiqlarini Bandura jo’rnavozligida ijro etishgan (qadimda Banduralar kobza deb atalgan).