BANJO
BANJO (banjo) — torli chertma musiqa cholg’usi. Amerikaning qator ommabop musiqa uslublari (minstrelshou, jaz, kantri-Myuzik, Vestern) da asosiy o’rinni egallaydi. 17 – asrda G’arbiy Afrikadan AQSh ning Janubiy shtatlariga keltirilgan. 19 – asrning 30-yillarida takomillashtirilgan shakli yuzaga kelgan. Unda metall pardali uzun dastasiga 5 ta po’lat sim tortiladi. Yakka tarzda hamda jo’rnavoz soz sifatida ishlatiladi. Tovushi o’tkir, jarangdor. Banjoda bir ovozlik kuylar hamda akkordlarni chalish mumkin. 20- asrda Banjoning yangi turlari (Banjo -Ukulele, Banjo -mandolina, Banjo -tenor, Banjo gitara) yuzaga kelgan.