«BANK AXBOROTNOMASI»

«BANK AXBOROTNOMASI» («Bankovskie Vedomosti») — O’zbekiston Respublikasi bank xodimlari, ishbilarmonlari va tadbirkorlarining haftalik gazetasi. Muassislari: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Jahon iktisodiyoti va diplomatiya universiteti, «Zakovat» jamg’armasi. Toshkentda 1995 yil yanvardan o’zbek va rus tillarida chiqadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va banklar hamda ularning mijozlari faoliyatini yoritadi. Asosan, ishbilarmonlik, tijorat xabarlari va reklamalar, maslahatlar, shuningdek bank ishiga oid yangi me’yoriy qonun hujjatlariga sharhlar beradi. Sharq va G’arb mamlakatlari, uzoq va yaqin xorij iqtisodiyotining muhim qirralari, O’zbekistonning eng yaxshi firmalari va moliya ozori qatnashchilari va boshqalar haqida materiallar beradi. Adadi har ikki tilda 8 ming nusxadan (2000).