BANK KAFOLATI

BANK KAFOLATI — kafil banklar (Garant banklar) ning mijozlari majburiyatlarini o’z zimmasiga olishi. Mijozlar qarzlarini o’z hisobidan va o’z muddatida to’lay olmagan hollarda banklar ularning topshirig’iga ko’ra va ularning hisobidan majburiyatlarni zimmasiga oladi. Qarz tegishli ta’minot (garov) asosida bank tomonidan to’lanadi. Kafil banklarning kreditor yoki eksportyor oldida qarzdor yoki importyorning kontrakt bo’yicha to’lov majburiyatlari ijrosini kafolatlashi; mijozning o’zga shartnoma majburiyatlari ijrosini pul shaklida ta’minlash (avansni qaytarish, savdo kelishuvi yoki kontrakt shartlarini bajarish va boshqalar) keng tarqalgan to’lov kafolatlariga kiradi.