BANK MONOPOLIYALARI

BANK MONOPOLIYALARI – kontsentrasiyalashuv natijasida biror davlatdagi bank ishlarining bir necha yirik banklar qo’lida to’planishi. Moliya kapitali bozoridagi taklifda raqobatning bo’lmasligi bilan tavsiflanadi. Masalan, 1962 yil Angliyada bank kapitali umumiy summasining 90% besh bankka tegishli bo’lgan, 1968 yil AQShda rasman mustaqil hisoblanadigan 14 ming bank bo’lgan, lekin jami bank operatsiyalarining 25% 10 ta yirik tijorat banki hissasiga to’g’ri kelgan, 1995 yilda esa AQShdagi eng yirik hisoblangan «Cheyz of Manxetten» va «Kemikl» banklari o’zaro qo’shilib ketdi.