BANK RESURSLARI

BANK RESURSLARI – banklar ixtiyorida bo’lgan va ular tomonidan kredit, investitsiya va boshqa aktiv operatsiyalari uchun foydalaniladigan mablag’lar yig’indisi. Bank resurslari o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’larga bo’linadi. O’z mablag’Iariga bankning ustav, zaxira va boshqa fondlari kiradi. Jalb etilgan resurslar – bu bank mijozlari (yuridik va jismoniy shaxslar)ning hisob-kitob, joriy, deposit va boshqa hisob-varaqlaridagi mablag’lar, jamoat tashkilotlari, xilma-xil ijtimoiy fondlarning mablag’laridir. Emissiya, oborotdagi pullar, hisob-varaqlaridagi mablag’lar, budjet mablag’lari, aholi jamg’armalarining bir qismi, valyuta va oltin zaxiralariga qo’yilgan mablag’lar markaziy bank resurslari hisoblanadi.