BANK UYUSHMALARI

BANK UYUSHMALARI – xususiy banklarning professional manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuzgan birlashmalari. Bank uyushmalari banklar uchun eng qulay qonun normalarini ta’minlash choralarini ko’radi, bank operatsiyalarini o’tkazish qoidalarini bir xillashtiradi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, axborot markazlari hisoblanadi. Hududiy belgi bo’yicha ham, banklarning ixtisoslashishi bo’yicha ham tashkil etiladi.