Bantustanlar, xoumlendlar

Bantustanlar, xoumlendlar (inglizcha bantustans, homelands-milliy yurt)-JARning irqchi hukumati tomonidan tuzilgan soxta davlat tuzilmalari. Aparteid siyosatining ko’rinishi. Afrika aholisini qabilaviy belgilar bo’yicha bo’lib yuborish va shu orqali milliy-ozodlik kurashining yagona frontini parchalab tashlash, arzon ishchi kuchi manbaiga ega bo’lish maqsadida tuzilgan. Bantustanlarga aylantirilgan 13% hududda 75% aholi yashagan. 10 ta Bantustanlar tashkil etilgan: Transkey, Baputatsvana, Venda, Siskey (1976-1981 yillarda “mustaqil” deb e’lon qilingan), Gazankulu, Lebova, Kuakua, Kvazulu, Kangvane va Kvandebele.