Barbat
Barbat (forscha-o’rdak siyna)-qadimda O’rta Sharq xalqlari amaliyotidagi torli chertma soz. Kosasi katta, dastasi kalta, ko’pincha 3-4 torli. Eng qadimgi namunalari O’rta Osiyoga mansub. Ud soziga asos bo’lgan cholg’ulardan. Afrosiyobdan Barbatga o’xshash soz chalayotgan sozandalarning miloddan avvalgi II-I asrlar-milodiy I asrlarga oid haykalchalari topilgan. Borbad Marviy (VI-VII asrlar) ismli mashhur bastakor, xonanda va sozanda Barbatning o’tmishdagi eng mohir ijrochisi bo’lgan.