BARCHIN
BARCHIN (Barchinoy, oy Barchin, gul Barchin, Barchin suluv) — «Alpomish» dostonidagi yetakchi obrazlardan. Boysarining qizi. Alpomishning sevgilisi. Barchin mard va dovyurak qiz. U xalq og’zaki ijodidagi qahramonlik eposiga xos Botir (Alp) qiz haqidagi an’anaviy obraz hisoblanadi. Turkiy xalqlar Barchin obrazi orqali xotin-qizlarga o’z samimiy munosabatlari, katta e’zoz va hurmatlarini bildirganlar, asllar ham yuksak insoniy qudrat va shon-sharafga ega ekanligini kuylaganlar. Ba’zi tarixiy rivoyatlarda Barchin o’g’uz qabilalariga beklik qilgan ayol, deb ta’riflanadi (uning maqbarasi Sig’noqaj 5 kilometr Janubi-Sharqda joylashgan).