BARDI

BARDI, qiyoq (Carex) — hiloldoshlar (bardidoshlar) oilasiga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi. To’p-to’p bo’lib o’sadi. Poyasi uch qirrali, bo’g’imsiz. Barglari tasmasimon, tilchasiz, yopiq qinli, qatgiq, chetlari g’adir-budur. Gullari mayda, rangsiz, ikki yoki bir jinsli, ba’zan ikki uyli bo’lib, ro’vaksimon, soyabonsimon, boshoqsimon murakkab to’pgul shaklida joylashgan. Mevasi yong’oqcha. 2 mingga yaqin turi bor, ko’pincha mo»tadil va sovuq iqlimli mamlakatlarda o’sadi. Mollarga ozuqali qimmati kam. Ba’zi turlari (masalan, qumloq Bardi) dori sifatida ishlatiladi.