BARENTS BILLEM
BARENTS BILLEM (taxminan 1550, Amsterdam — 1597.20.6, Novaya Zemlya oroli) — golland dengizchi sayyohi va qutb o’lkalari tadqiqotchisi. 1594 — 97 yillarda Atlantika okeanidan tinch okeanga boradigan shimoliy-Sharqiy suv yo’lini qidirib topish maqsadida Shimoliy Muz okeaniga yuborilgan uchta ekspeditsiyaga rahbarlik qildi. 1596 — 97 yillarda Barents ekspeditsiyasi Medvejiy va Shpisbergen orollarini takror kashf etdi. Barents o’z kuzatishlariga asoslanib Novaya Zemlya orollarining xaritasini tuzdi, birinchi marta o’sha yerda yil davomida meteorologik kuzatishlar olib bordi, kema kursi bo’ylab dengiz chuqurliklarini o’lchadi. Barents kemasi suzib o’tgan dengiz, Shpisbergen arxipelagidagi bir Orol va G’arbiy Shpisbergen o.dagi shaharcha va port (Barentsburg) Barents nomi bilan atalgan. Novaya Zemlya orolda dafn qilingan.