BARGUZIN TIZMASI

BARGUZIN TIZMASI – Sharqiy Sibir (Buryatiya) dagi tog’tizmasi. Baykal ko’lining shimoliy-Sharqiy sohilida. Granit, gneys kabi jinslardan iborat. Uzunligi 280 kilometr. O’rtacha balandligi 2000 metr, eng baland joyi — 2840 metr. Yon bag’irlari tayga o’rmonlari, yuqori qismi subalp va Alp o’tloqlari va so’ngra tog’tundrasi bilan qoplangan. Barguzin tizmasi yon bag’rida Barguzin qo’riqxonasi, mineral buloqlar bor.