Barik bosqich
Barik bosqich — yuqoriga ko`ta rilganda havo bosimi 1 mm simob ustuniga yoki 1 mb ga kamayadigan yoki pastga tushganda shuncha miqdorga ortadigan vertikal masofa. M/mb yoki m/mm hisobida ifodalanadi. Dengiz sathida bir barik bosqich 8 m/mb yoki 10,5 m/mm ga, 5 km balandlikda 15 m/mb ga, 18 km balandlikda qariyb 70 m/mb ga teng. Bir xil balandliklarda barik bosqich haroratga bog`liq. Issiq havoda barik bosqich katta, sovuq havoda kichik bo`ladi.