BARIY

BARIY (Baryum), va — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element, tartib nomeri 56, at.m. 137,34, kumush rang-oq metall. 7 ta barqaror izotop aralashmasidan iborat, ular orasida |38 va ko’proq (71,66%). Bariyni shved kimyogari K. Sheele Vao shaklida kashf etgan (1774) va bu oksidni «og’ir yer» yoki barit deb atagan (Yunoncha barus — og’ir so’zidan), metall Bariyni ingliz kimyogari G. Devi elektroliz yo’li bilan olgan (1808). Yer pustida Bariy og’irlik jihatdan 0,05% ni tashkil etadi, tabiatda erkin holda uchramaydi. Bariy birikmalari — barit BaSO4 va viterit VaSO3 sanoat ahamiyatiga ega. Bariy Vao bilan alyuminiyni birga qizdirish yoki Vanni parchalash yoki suyuqlangan VaS12 ni elektroliz qilish yo’li bilan olinadi. Bariyning zichligi 3760 kg/m3, mineralogik shkala bo’yicha qattiqligi 1,25, Moos shkalasi bo’yicha 2, suyuqlanish temperaturasi 727°, qaynash temperaturasi 1637°. Bariy qo’rg’oshindan qattiqroq, ruxdan yumshoqroq. Bariy ishqoriy-yer metall, kimyoviy xossalari jihatdan kaltsiy bilan strontsiyga o’xshaydi, lekin ularga nisbatan faolroq. Havoda tez oksidlanadi, qizdirilganda oson alangalanadi. Suvni shiddat bilan parchalab, bariy gidroksid hosil qiladi: va+2N2O=va(on)2+N2. Bariy oksid — Vao rangsiz kristall modda bo’lib, havoda bariy karbonat VaSO3 ga aylanadi. Vao ni havoda 500° da qizdirib, VaO2 olinadi, bu modda esa 700° da Vao va O2 ga ajraladi. B. kimyoviy juda faol bo’lganidan kerosin qatlami ostida saqlanadi. Galogenlar va oltingugurt bilan birikib, galogenidlar (masalan, VaS12) va sulfid — BaS, vodorod bilan birikib, gidrid — van2 hosil qiladi. Van2 suv va kislotalar ta’sirida tez parchalanadi. Odatda ishlatiladigan Bariy tuzlaridan bariy xlorid VaS12 va boshqa galogenidlar, bariy nitrat Ba(NO3)2, bariy sulfid BaS, bariy xlorat Va(S1O3) suvda yaxshi eriydi, bariy sulfat BaSO4, bariy karbonat VaSO3 va bariy xromat Vasyu4 qiyin eriydi. Bariy ko’p qotishmalar tarkibiga kiradi. Va — Ni qotishmasi radiolampalarda ishlatiladi, va — R qotishmasidan bosmaxona harflari tayyorlanadi. Ba’zi qotishmalari vakuumda gaz yutuvchi sifatida, yadro texnikasida u-nurlardan saqlovchi materiallar sifatida qo’llaniladi. Bariyning VaSO3, va-(on)2, VaS12, Ba(NO3)2 birikmalari kimyo laboratoriyada, BaCL, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurashda, BaSO4 xrustal shisha va oq bo’yoq ishlab chiqarishda, Ba(NO3)2 yashil olov hosil qilishda ishlatiladi. Nasriddin Sirojiddinov.