BARIY KARBONAT
BARIY KARBONAT, Vaso, – tuz, rangsiz kristall modda. o>(810° gacha turg’un), E-(810° dan 960° gacha turg’un) va u-(960° dan yuqorida turg’un) modifikatsiyalari mavjud. Zichligi 4250 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 1550°. 1000° dan yuqorida Vao va SO2 ga ajraladi. Suvda qiyin (18° da 1l da 20 mg), xlorid va nitrat kislotalarda oson eriydi. Tabiatda viterit degan mineral shaklida uchraydi. Bariy karbonat BaS ga SO2 yoki NaCO3 ta’sir ettirib olinadi. Bariyning boshqa birikmalarini olish, suvni yumshatish, optik shisha, emal va sir ishlab chiqarishda qo’llaniladi.