Barlos

Barlos-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik urug’lardan biri. Barloslar tog’li va tog’ rayonlarida yashab, asos chorvachilik bilan shug’illanishgan. Barloslar tarixda mashhur urug’lardan biri bo’lib, sohibqiron Amir Temur ham shu urug’ga mansub. Temuriylar davrida bu urug’dan ko’plab bek va amirlar yetishib chiqqan. Hozirgi davrda barloslarning avlodlari respublikamizning Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Koson, Boysun, Denov, Sariosiyo, Forish, Jizzax, Zomin, Marhamat, Xo’jaobod, Ishtixon, Navoiy, Nurota, Urgut, G’allaorol tumanlarida hamda Tojikiston, Qirg’iziston Respublikalarida va Afg’oniston hududlarida ham yashaydi.