Bilasizmi?

Barokko uslubi nima?

Barokko (XVI—XVII asrlar) Renesans davri o’rnini egalladi. Nomlanishi italyancha «barokko»-murakkab, ajabtovur-kalimasidan kelib chiqqan. Muqaddam ko’rib chiqilgan uslublardan farqli o’laroq unga murakkab, gardish ko’rinishiga ega bo’ladigan shakllar va egma tarhlar va sathlarning birikuvi xosdir. Kalisolar va boshqa imoratlarning devorlari va toqlari o’ta murakkab shakllarga ega bo’ladi, ulardagi rang-barang bezaklar yaqqol ajralib turadi. Bezatishda bir-biriga singishgan va egma unsurlarning serobligi imoratlarning ichki ziynatlanishiga ham xosdir. Barokko imoratlariga ko’z tashlaganimizda hatto devor bilan birga egilgan deraza ham o’zining odatdagi to’rtburchak ko’rinishidan ajralib qolganini his etamiz. Imorat ichkarisida oltin hallangan ziynatlarning mo’l-ko’lligi yog’du va ko’lankaning takrorlanmas o’ynoqiligini vujudga keltiradi. Shiftlar odatda sahnda turib bamaylixotir tomosha qilgulik bir tarzda tartibli va mazmunli tizilgan suvratlar bilan bezatilgan. Ganjtarvirli shiftlar-plafonlar go’yo tobora balandlashib boradigan ravoqlardek aldamchi bir taassurot uyg’otganicha misoli ichkarining uzviy davomiga aylanib ketgandek tuyuladi.