BARQAROR RIVOJLANISH

BARQAROR RIVOJLANISH (ing. sustainable development) — mazkur tushunchani BMT Tashqi muhit va taraqqiyot xalqaro Qo’mitasining raisi G.X. Brutland 1987-yilda taklif qilgan. Davlat, xalq, millatning ijtimoiy rivojlanshi va ekologik muhitning bir-biri bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatuvchi atama. Barqaror rivojlanish birinchi navbatda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish, siyosiy taraqqiyot, shu bilan birga, bizni o’rab turgan muhit alohida sohalar emas., ular bir-biri bilan uzviy bog’liq degan fikr yotadi. Ilm-fan, texnikaning rivojlanishi, ya’ni texnalogiyaning qo’llanilishi, bir tomondan kishilarning farovonligini oshirsa, ikkinchi tomondan tabiy muhitga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Shuningdek, ko’pgina davlatlar iqtisodiy nochorlik, ijtimoiy qoloqlik, ekologik tanglik sharoitida yashab kelmoqda. Shu ma’noda, davlat xalq, millatlar o’z taraqqiyoti yo’lini tanlashda, yoki shu g’oyani yaratishda iqtisodiy samaradorlikni ijtimoiy adolat va ekologik oqillik bilan hamohang tarzda ko’zda tutmoqliklari darkor. Aks holda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tabiy muhitga katta ziyon yetkazishi mumkin. Natijada biz kelajak avlodga taraqqiy etish imkoniga ega bo‗lgan ijtimoiy muhitni emas, qurib, cho’lga aylanib borayotgan saxrolarni qoldiramiz. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi o’z oldiga bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan quydagi vazifalarni qo’yadi: 1) nochorlikka qarshi kurash, uni tugatish masalalari,; 2) yangi ish o’rinlarini yaratish; 3) tabiy muhitni tiklash va saqlab qolish; 4) sog’liqni saqlash, ayollar va bolalarning hayotiy sharoitini yaxshilash; 5) kishilarning turmush farovonligini yaxshilash va h.k.lardan iboratdir.