BARQARORLIK VA O’ZGARUVCHANLIK

BARQARORLIK VA O’ZGARUVCHANLIK — dialektik falsafaning juft tushunchalari. Barqarorlik narsa va hodisalarga xos muayyanlikni ifodalasa, o’zgaruvchanlik ularning ma’lum bir holatdan boshqa bir holatga o’tish jarayonini bildiradi. O’zgaruvchanlik keng ma’nodagi harakat tushunchasini ifodalab, shu ma’noda mutlaq xarakterga ega. Tayin narsalarga oid xossa sifatida esa u nisbiydir, chunki narsalarning o’zgarishi biron-bir muayyanlikka nisbatangina sodir bo’ladi. O’zgaruvchanlikni barqarorlikdan ajratib mutlaqlashtirish skeptisizm va relyativizmag olib kelsa, aksincha, barqarorlikni mutlaqpashtirish aqidaparastlikka olib keladi. Dialektika Barqarorlik va o’zgaruvchanlikni o’zaro uzviy birlikda, mavjud dialektik qaramaqarshiliklar tarzida olib qaraydi. Aniq fanlarda Barqarorlik va o’zgaruvchanlik tushunchalari tegishli tayin tushunchalar bilan ifodalanadi va ilmiy tadqiqotlarda muhim metodologik ahamiyat kasb etadi.