BARQIYORUQ

BARQIYORUQ, Ruknuddin Barqiyoruq (? — 1104) — Saljuqiylar sultoni (1094 — 1104). Malikshoh I ning o’g’li. Malikshoh I vafot etgach, uning o’g’illari Barqiyoruq, Mahmud, Malikshoh, Muhammad va Sanjar o’rtasida taxt uchun kurash boshlanib, vazir Nizomulmulk Barqiyoruqni qo’llab-quvvatlagan. Barqiyoruq birodari Mahmud hukmronligi (1092 — 94) dan so’ng taxtni egallashga muvaffaq bo’lgan. U o’z hukmronligi davrida mulkdorlar g’alayonlari, hashshoshiylar harakati va taxt talashayotgan birodarlariga qarshi kurash olib borib, saltanat birligini saqlashga harakat qilgan.