BARRA

BARRA — 1) yangi tug’ilgan qo’zichoq; 2) qo’zichoq terisi, Qorako’l. 1 — 3 kunlik Qorako’l qo’zilarning so’yilishidan sifati turlicha bo’lgan terilar olinadi. Teridagi jun qoplami yaltiroq mayinligi bilan birga jingalak (naqsh) larga ega bo’ladi. Barra aynan shu ko’rsatkichlariga muvofiq baholanadi; 3) yangi tug’ilgan qo’zichoq go’shti; 4) yangi unib chiqqan, yosh, mayin ko’kat (masalan, barra piyoz).