BARRETER

BARRETER (inglizcha barretter — o’zgartirmoq) — elektron va ion asboblarida tokni barqarorlashtiradigan moslama. Temir simdan tayyorlanadi va vodorod bilan to’ldirilgan berk shisha ballonga joylashtiriladi. Barreter ishlaganda simi 200 — 600° gacha qiziydi. Zanjirdagi kuchlanish ortsa, unga mutanosib holda simning qarshiligi ham ortadi, natijada tok kuchi o’zgarmaydi. Barreter o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlarida ishlatiladi.