BASHORAT
BASHORAT — jamiyatda va xalqaro-maydonda yuz berayotgan xodisa va jarayonlarning kelajakda, yoki hozirgi kundagi holati bo’yicha mohiyatini aniqlashga qaratilgan harakat yoki tahmindir. Siyosiy bashoratning amalga oshirilishidan ko’zlangan maqsad – yuz berishi mumkin bo’lgan ixtilof, inqiroz, nizolar, taraqqiyot va h.k.larning oldindan bilish va uni yo’naltirish, oldini olish uchun amalga oshiriladi. Siyosiy bashorat ilmiy va amaliy faktlarga asoslangan holda ilgari suriladi. Shunga monand tarzda tadqiqot amalga oshiriladi. Tadqiqotni amalga oshirishda zamonaviy tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi.