BASKAKOV NIKOLAY ALEKSANDROVICH
BASKAKOV NIKOLAY ALEKSANDROVICH (1905-1996.20.8, Moskva) — turkiyshunos olim. Qoraqalpog’istonda (1960), Turkmanistonda (1962), Qozog’istonda (1967) xizmat ko’rsatgan fan arbobi, Filologiya fanlari doktori (1950). Fin-ugor jamiyatining muxbir a’zosi (Finlyandiya, Xelsinki, 1967), uraloltoy jamiyatining faxriy a’zosi (Gamburg, 1968). Moskva davlat universitetini tamomlagan (1930). Ilmiy ishlari qoraqalpoq tili, uning so’z turkumlari va so’z yasalishiga bag’ishlangan. Baskakov o’zbek, qoraqalpoq, no’g’oy, xakas, tatar, oltoy, qoraim, uyg’ur, turkman va boshqa turkiy tillarga oid ko’plab darslik, grammatik ocherk va uslubiy qo’llanmalar muallifi. As: Karakalpakskiy yazik, fonetika i morfologiya, M., 1952; Tyurkskie yaziki, M., 1960; Vvedenie v Izuchenie tyurskix Yazikov, M., 1967.