BASTARDO
BASTARDO — Portugaliyadan keltirilgan vinobop uzum navi. Tupi o’rtacha, ba’zan zaifroq o’sadi. Uzum boshi tsilindr konussimon shaklda, kichik (bo’yi 8 — 12 santimetr, eni 6 — 8 santimetr), tig’iz, bandi qisqa, vazni 90 — 120 gramm. G’ujumi mayda (8 — 12 millimetr), dumaloq, qora, sershira, pusti pishiq. Faol harorat yig’indisi 2900 — 3100° bo’lganda 145— 150 kunda pishadi. Sentabrning 2-yarmida yetiladi, tarkibidagi qand 28 — 32% ga yetadi. Hosildorligi 100 — 120 tsentner/ gektar. Sovuqqa chidami o’rtacha. Kasallik va zararkunandalarga chidami past. Novdalari o’rtacha uzunlikda kesilib, kamroq qoldiriladi. Bastardo bilan Saperavi navini chatishtirib chiqarilgan Magarach bastardosi navi (I. V. Papanov) ko’proq ekiladi. Bas-ter — Gvadelupa orolidagi shahar, Vest-Indiyada, Frantsiya mulki bo’lmish Gvadelupaning ma’muriy markazi. Aholisi 53 ming kishi (1990). Dengiz porti. Shakar, banan, kakao, kofe, vanil chetga chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharga 1643 yilda asos solingan.