BASTER

BASTER — Sentkits va Nevis poytaxti. Sent-Kristofer (Sentkits) orolida joylashgan. Aholisi 18,5 ming kishi (1985). Dengiz porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qand-shakar zavodi bor, ichimliklar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Savdo markazi. Turizm rivojlangan.