BASTILIYA

BASTILIYA — Parijdagi qal’a, 1370 — 1382 yillarda qurilgan; 15-asr dan davlat turmasi. Qo’zg’olon ko’targan xalq tomonidan Bastiliyaning shturm qilinishi (1789 yil 14 iyul) Buyuk frantsuz inqilobini boshlab bergan (1880 yildan har yili Frantsiyaning milliy bayrami sifatida nishonlanadi). 1790 yil Bastiliya buzib tashlangan.