BATA
BATA — Ekvatorial Gvineyadagi shahar. Mamlakatning materik qismi — Rio-Munining ma’muriy markazi. Aholisi 24 ming kishi (1985). Gvineya qo’ltig’idagi yirik port, chetga kofe, kakao, palma moyi va yong’og’i chiqaradi. Tsement va taxta tilish zavodlari bor.